Jamiyat

Oʻzbek-hind harbiy mashgʻulotlarini oʻtkazish masalasi muhokama qilindi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaV Nukuse voyennыe proveli onlayn soveshaniye so svoimi indiyskimi kollegami
V Nukuse voyennыe proveli onlayn soveshaniye so svoimi indiyskimi kollegami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Nukusda harbiylar hindistonlik hamkasblari bilan onlayn muloqot qildi.
TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Oʻzbekiston va Xindiston oʻrtasida imzolangan 2021-2022 yilga ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq kelgusi yilda “Doʻstlik-2022” birgalikdagi oʻzbek-hind oʻquvi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Xalqaro harbiy hamkorlik doirasida ikki davlat harbiylari ishtirokida oʻtkazilishi kutilayotgan ushbu oʻquvlar Xorazm viloyatidagi Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugga qarashli “Yangiariq” umumqoʻshin poligoni hududida boʻlib oʻtishi belgilangan.
© Ministerstvo oboronы UzbekistanaV Nukuse voyennыe proveli onlayn soveshaniye so svoimi indiyskimi kollegami
V Nukuse voyennыe proveli onlayn soveshaniye so svoimi indiyskimi kollegami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
V Nukuse voyennыe proveli onlayn soveshaniye so svoimi indiyskimi kollegami
Mazkur oʻquvlarni oʻtkazish hamda mehmon davlat vakillarining Oʻzbekistonga rejalashtirilgan tashrifiga bagʻishlab videokonferents aloqa tizimi orqali onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent shahridan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi ofitserlari, Nukusdan Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Hindiston mudofaa vazirligi masʼullari ishtirok etib, rejalashtirilgan oʻquvlarni muhokama etishdi.
Uchrashuv davomida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan “Yangiariq” umumqoʻshin poligonining jangovar imkoniyatlari, yaratilgan qulay sharoitlar hamda amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun mavjud oʻquv-moddiy baza namoyish etildi.
Xalqaro miqyosdagi harbiy mashgʻulotlar Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug hududidagi harbiy poligonlarida shu vaqtga qadar hech qachon oʻtkazilmagan.
Tadbir davomida mehmon tomon kelgusi rejada turgan oʻquvlarni oʻtkazishni batafsil muhokama etish uchun shu yilning dekabr oyida Oʻzbekistonga tashrif bilan kelish istagini bildirdi. Suhbat davomida oʻquvlarni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan ayrim masalalar boʻyicha kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala