Jamiyat

Oʻzbekiston internatlarida bolalar soni ikki baravar koʻp - YUNISEF

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishRebenok v detskom dome-internate, arxivnoye foto
Rebenok v detskom dome-internate, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Bolajon xalq deymizu, lekin Oʻzbekistonda internat va bolalar uylarda tarbiyalanayotganlar soni dunyoning boshqa joylaridan koʻra ikki baravar koʻp ekan.
TOSHKENT, 6 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda nogironligi bor bolalarni internatga topshirish – juda koʻp uchraydigan holat, deb xabar qilmoqda YUNISEF.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston internatlarida 2018 yilda jami 26532 nafar bola tarbiyalangan va ularning aksariyati nogironligi bor boʻlgan bolalardir. Oʻzbekistonda har 100 ming bola soniga internatlarda tarbiyalanayotgan bolalar soni 255 nafarni tashkil qiladi. Bu dunyodagi oʻrtacha koʻrsatgichdan ikki baravar koʻp.
YUNISEF hisobotida, bolalarni bunday muassasalarga joylashtirishning asosiy sababi – kambagʻallik, oilaviy muammolar, migratsiya va ajralishlar deyilgan.
“Bolada nogironlik boʻlsa yoki oilada moddiy muammolar boʻlsa, ona-onalari ularni internatlarga topshirishadi. Bunda bola oila sharoitida katta boʻlish huquqidan mahrum boʻladi. Bolani oildadan ajratgandan koʻra, bunday oilalarga moddiy yordam koʻrsatgan yaxshi”, - deydi Aliya Yunusova, Oʻzbekistonda bolalar huquqlari ombudsmeni.
Bolalarni internatlarga topshirilishiga yana bir sabab, ayrim ota-onalarning bunday muassasalar toʻgʻrisida notoʻgʻri tasavvurga ega ekanligi ham sabab boʻlmoqda, deydi Oʻzbekiston Senatining Yoshlar, madaniyat va sport qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Dilorom Toshmuhammedova.
“Ota-onalar bolalarini internatlarga joylashtirayotgan ota-onalar bolam u yerda hamma narsa bilan taʼminlanadi deb ishonadi. Aslida bunday emas. Internatda bola jamiyatdan ajralib, ruhiy va madaniy tarbiyadan ortda qolib katta boʻladi”, - deydi Senat aʼzosi.
Internatda bolalar uchun qancha yaxshi sharoit yaratilmasin, u baribir uydek boʻlmaydi, deydi Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov.
“Bunday yopiq muassasalarda biz bolalar uchun oila muhitini yarata olmaymiz. Har bir bola oilada katta boʻlishi kerak”, - dedi viloyat hokimi.
Darhaqiqat, butun dunyo boʻylab oʻtkazilgan koʻplab tadqiqotlar, bolani internat va mehribonliy oʻylarida tarbiyalash, uning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishini isbotlagan, deydi bola himoyasi boʻyicha YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakili Antonia Lyudeke.
“Bolani internatda tarbiyalash uning aqliy rivojlanishi va sogʻligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi aniq. Bu koʻp yillik izlanishlar natijasida tasdiqlangan. Bolalar, ayniqsa yosh bolalar ruhiy va jismoniy rivojlanishida jiddiy ortda qolishi mumkin”, - deydi YUNISEF mutaxassisi.
Oʻzbekistonda internatga topshirilayotgan bolalar muammosini chuqurroq oʻrganish va hal qilish maqsadida YUNISEF Toshkent viloyati internatlarda tarbiyalanayotgan bolalar haqida maʼlumot toʻplay boshladi. Izlanish natijalariga koʻra, Oʻzbekiston bolalarni tarbiya qilish tizimiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Bunday oʻzgarishlar qatoriga, oilani saqlab qolish choralari bilan bir qatorda, bolani uy sharoitida tarbiyalash uchun “qoʻshimcha yordam dasturlari”, “yordam paketlari” ham ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Maqsad - kelajakda bunday internatlar sonini kamaytirish, har bir bola uchun individual “yordam paketi” ishlab chiqish va imkon qadar bolani oila sharoitida tarbiyalashni saqlab qolishdir.
Bu borada YUNISEF Oʻzbekiston prezidentning yangi internatlar yaratishni taʼqiqlash, bola tarbiyasi sohasini isloh qilish, internatlardagi bolalarni bosqichma-bosqich oilalarga qaytarish siyosatini qoʻllab-quvvatlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala