Iqtisod

"Chorvoq oromgohi" yaxlit sotiladigan boʻldi

© Agentstvo po upravleniyu gosudarstvennыmi aktivami UzbekistanaZonu otdыxa "Chorvok Oromgoxi" ("Piramidы") v Tashkentskoy oblasti vыstavili na prodaju
Zonu otdыxa Chorvok Oromgoxi (Piramidы) v Tashkentskoy oblasti vыstavili na prodaju - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
"Chorvoq oromgohi" boshlangʻich narxi belgilanmagan holda 573 ming yevro qarzi bilan yaxlit savdoga qoʻyildi.
TOSHKENT, 7 okt - Sputnik. Boʻstonliq tumanidagi “Chorvoq oromgohi” dam olish maskani yaxlit mulkiy majmua sifatida ommaviy savdolarga chiqariladigan boʻldi. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qildi.
Oromgohni sotish, Davaktiv uchun odatiyga aylangan 2 bosqichda oʻtkaziladi:
1.
Birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi, saralanadi.
2.
Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari va toʻlov qobiliyati baholanadi.
Savdolarda ishtirok etishni istagan talabgorlar 2021 yilning 8 noyabriga qadar belgilangan hujjatlar toʻplamini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taqdim etishi kerak. Undan tashqari tadbirkor oʻzi taklif qilayotgan zaklat pulining va 5%ini ham toʻlov qilishi kerak.
Alohida shartlar:
Dam olish maskanidan kelgusida mehmonxona va/yoki boshqa turizm infratuzilmasini saqlab qolish va rivojlantirish;
daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriyga rioya etish talabi qoʻyiladi;
“Chorvoq oromgohi” dam olish maskanining “IMPRO GmbH” LTD (Germaniya) oldidagi 573 568,47 YEVRO miqdoridagi qarzdorligini toʻlash (2022 yil 1 fevraldan boshlab grafik asosida);
davlat aktivini sotib olish boʻyicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi;
Eʼlon bilan batafsil Davaktiv agentligi saytida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala