Dunyoda

Afgʻonistonda shiyalar masjidida portlash sodir boʻldi

© Sputnik / Stringer  / Fotobankka oʻtishNa odnoy iz ulits goroda Kunduza
Na odnoy iz ulits goroda Kunduza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Afgʻoniston shimolida sodir etilgan ushbu mudhish qotillik uchun javobgarlikni hech kim oʻz boʻyniga olgani yoʻq.
TASHKENT, 8 sen – Sputnik. Afgʻonistonning Qunduz viloyati, Xon-Obod shahrida joylashgan shiya masjidlarning birida kuchli portlash sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, mahalliy manbaalarga tayanib.
Fojia juma namozi vaqti sodir boʻlgan. Qurbonlarning aniq soni hozircha eʼlon qilinmagan, lekin guvohlar aytishiga koʻra vafot etganlar kamida 60 kishi, jarohatlanganlar 200 kishi boʻlishi mumkin.
Hozircha Afgʻonistonda sodir etilgan ushbu mudhish qotillik uchun javobgarlikni hech bir guruh oʻz boʻyniga olgani yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala