Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Kamilov: Afgʻoniston - imkoniyat manbai

© Abdul Qahar Balkhi / TwitterKamilov vstretilsya s ministrom inostrannыx del Talibana mavlavi Amir Xanom
Kamilov vstretilsya s ministrom inostrannыx del Talibana mavlavi Amir Xanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Oʻzbekiston Afgʻonistonni "notinch qoʻshni"dan Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi koʻprik va yangi ikmoniyatlar manbaiga aylanishini uchun harakat qilmoqda.
TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Afgʻoniston nafaqat xavf-xatar, balkim yangi imkoniyatlar manbaidir, dedi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Pravda Vostoka" gazetasiga bergan intervyusida.
Afgʻonistonda hukumat almashishidan soʻng murakkab vaziyat yuzaga kelgani, mamlakatning turli qismlarida terrorchi guruhlar faoliyat yuritayotganigan qaramasdan, ushbu davlat yangi imkoniyatlar manbai deb qabul qilish kerakligini taʼkidladi vazir.
"Biz Afgʻonistonning nafaqat xavf-xatar va tahdidlar, balki mintaqaviy konstruktiv va yaratuvchan loyihalarga asos boʻladigan yangi imkoniyatlar manbasi ekanini nazarda tutishimiz lozim", - dedi Kamilov.
Shuningdek, diplomat Afgʻoniston 90 yillarda boʻlgani kabi “yakkalab qoʻyilgan” davlatga aylanishini oldini olish kerakligini, qoʻshni davlatga insonparvarlik yordami koʻrsatish - oʻta muhim ekanini taʼkidladi.
"Biz bu mamlakat bilan chegarani ochdik va birinchi galda zarur boʻlgan mahsulotlar — oziq-ovqat, neft mahsulotlari va elektr energiyasi yetkazib berishni qayta yoʻlga qoʻydik", - dedi Kamilov.
Undan tashqari rasmiy Toshkent Afgʻonistonning xorijiy banklarda muzlatib qoʻyilgan davlat aktivlarini qayta ochishni yoqlaydi hamda jahon hamjamiyatini Afgʻonistonda ijtimoiy, iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni davom ettirishga daʼvat etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston Afgʻonistonni "notinch qoʻshni"dan Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi koʻprik va yangi ikmoniyatlar manbaiga aylanishini uchun harakat qilmoqda. Va bu siyosat uzoq muddatga moʻljallangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala