Siyosat

Kamilovning Kobulga tashrifi: TIV yangi tafsilotlarni maʼlum qildi

© Press-slujba MID UzbekistanaMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaliz Kamilov posetil Kabul s rabochim vizitom
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaliz Kamilov posetil Kabul s rabochim vizitom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afgʻoniston muvaqqat hukumat rahbarining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Mulla Abdul Kabir boshchiligidagi Afgʻoniston rahbariyati vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi.
TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. 7 oktyabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afgʻoniston muvaqqat hukumat rahbarining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Mulla Abdul Kabir boshchiligidagi Afgʻoniston rahbariyati vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuvda Afgʻoniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari A.Hanafiy, transport va fuqaro aviatsiyasi, umumiy ishlar, energetika va suv resurslari vazirlari ham ishtirok etdi.
Kamilov vstretilsya s ministrom inostrannыx del Talibana mavlavi Amir Xanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Siyosat
Abdulaziz Kamilov "Tolibon" hukumati TIV rahbari bilan uchrashdi
Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amirxon Muttaki bilan alohida muzokaralar olib borildi.
Tomonlar mamlakatdagi mavjud vaziyat, Afgʻoniston xalqiga gumanitar va boshqa turdagi yordam koʻrsatish boʻyicha saʼy-harakatlar, shuningdek, mamlakatda energetika va transport sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Afgʻoniston muvaqqat hukumati aʼzolari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga afgʻon xalqining orzu-intilishlariga qaratayotgan ulkan eʼtibori, oziq-ovqat inqirozining oldini olishda koʻrsatgan yordami uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Rossiya
Toliblarni Afgʻoniston boʻyicha muzokara oʻtkazish uchun Moskvaga taklif qilishdi
Afgʻoniston tomoni Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston yangi hokimiyati bilan konstruktiv va oʻzaro maqbul muloqot oʻrnatishga qaratilgan siyosatini, shuningdek, xalqaro hamjamiyatga Afgʻonistonning xorijdagi muzlatilgan aktivlariga nisbatan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash chorlovini yuqori baholadi.
Afgʻoniston delegatsiyasi aʼzolari Oʻzbekiston hukumatiga “Mozori-Sharif” xalqaro aeroporti faoliyatini tiklash, Oʻzbekiston – Afgʻoniston chegarasining uzluksiz ishlashi, u orqali mamlakatga doimiy ravishda oziq-ovqat va boshqa turdagi birlamchi tovarlar yetkazib berishdagi koʻrsatilayotgan yordam uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar yaqin orada Termiz shahrida savdo-iqtisodiy masalalarini, jumladan, “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish tarmoqlari va “Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” yoʻnalishi boʻylab temir yoʻl qurish loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun qoʻshma muzokaralar oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Afgʻoniston tomoni ushbu loyihalarni amalga oshirishga jalb qilingan oʻzbekistonlik mutaxassislarning xavfsizligini taʼminlashga tayyorligini maʼlum qildi.
Birodar Oʻzbekiston xavfsizligiga Afgʻoniston hududidan hech qanday tahdid boʻlmasligi rasmiy Kobul tomonidan qatʼiy bildirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala