Dunyoda

MDH razvedka xizmatlari rahbarlari Moskvada toʻplanishadi

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaPokrovskiy sobor i Spasskaya bashnya Kremlya.
Pokrovskiy sobor i Spasskaya bashnya Kremlya. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Oʻzbekiston tashqi razvedka xizmati delegatsiyasi Moskvada boʻlib oʻtadigan majlisda ishtirok etadi.
TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. MDH tashqi razvedka xizmatlari rahbarlari kelgusi haftada Moskvada toʻplanishadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Tashqi razvedka xizmati xabariga asosan.
"13 oktyabr kuni Moskvada MDH xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash masalalari boʻyicha majlisi boʻlib oʻtadi", - deyilgan xabarda.
Majlisda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya delegatsiyalari ishtirok etadi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham majlisda videokonferentsiya formatida ishtirok etishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala