Sport

Ogʻir atletikachi Diyorbek Ermatov JChda oltin medalni qoʻlga kiritdi

Diyorbek Ermatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Diyorbek Ermatov dast koʻtarish mashqida oltin medalga sazovor boʻldi.
TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Saudiya Arabistonining Jidda shahrida oʻtayotgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining -73 kg vazn toifasida bahslar yakuniga yetdi.
Supachaga chiqqan Diyorbek Ermatov dast koʻtarish mashqida oltin medalga sazovor boʻldi.
Uzbekskiy vsadnik vo vremya sorevnovaniy po Kok-Boru - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda etnosport assotsiatsiyasi tashkil etildi
Ermatov dastlab 124 kg, keyin 127 kg ogʻirlikni, uchinchi urinishda esa 132 kg ogʻirlikni oʻziga boʻysundira oldi. Natijada, Diyorbek ushbu yoʻnalishda 1-oʻrinni egalladi. Kuchli uchlikdan rossiyalik Nikita Vagin (130 kg) hamda Gruziya vakili Nikoloz Esartia (128 kg) joy olishdi.
Siltab koʻtarish mashqida Diyorbekdan biroz omad yuz oʻgirdi. U oʻz ishtirokini 146 kg, ikkikurashda esa 278 kg natija bilan yakunladi va 5-oʻrinni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala