Toliblar: "ID"* tahdid emas, "bosh og‘riqdir"

© AFP 2023 / Wakil KohsarBoyevik Talibana* u salona krasoti s izobrajeniyami jenshin, ispachkannix aerozolnoy kraskoy, v Shaxr-e Nau v Kabule
Boyevik Talibana* u salona krasoti s izobrajeniyami jenshin, ispachkannix aerozolnoy kraskoy, v Shaxr-e Nau v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston rasmiy vakili so‘zlariga ko‘ra, mahalliy xalq terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamaydi
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. "Islom davlati"* terrorchilik uyushmasi Afg‘oniston uchun tahdid emas, deb bayonot qildi mamlakat muvaqqat hukumati madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari, toliblarning rasmiy vakili Zabiulla Mujohid. Uning so‘zlaridan TOLO News iqtibos keltirgan.
"Biz "ID"*ni tahdid emas, balki bosh og‘rig‘i deb ataymiz. Ayrim joylarda ular bosh og‘riqlarni keltirib chiqarishmoqda, ammo har bir hodisadan so‘ng ularning aybdorlari yo‘q qilinadi. Biz ularni quvapmiz, ular yashirinadigan joylar aniqlangan", — deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari.
Kamilov vstretilsya s ministrom inostrannix del Talibana mavlavi Amir Xanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Abdulaziz Kamilov "Tolibon" hukumati TIV rahbari bilan uchrashdi
Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, ID*ni Afg‘oniston xalqi qo‘llab-quvvatlamaydi.
Ilgariroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskva Afg‘onistonda "Islom davlati" jangarilari faolligi ortib borayotganidan tashvishda ekanligi haqida bayonot bergan edi. Zaxarova o‘z chiqishida terrorchilar 20 nafar insonning qurbon bo‘lishiga olib kelgan Qobul markazidagi masjiddagi portlash haqida eslatib o‘tgan edi.
*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0