Jamiyat

Samarqand xalqaro aeroporti bir oyga yopiladi

© SputnikV aeroportu Tashkenta otkrыlsya novыy zal vыleta
V aeroportu Tashkenta otkrыlsya novыy zal vыleta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2021
Samarqand xalqaro aeroporti 2021 yilning 20 oktyabridan 20 noyabriga qadar vaqtincha yopilmoqda.
TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Samarqand xalqaro aeroporti 2021 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrgacha yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ishlari munosabati bilan parvozlarni vaqtincha toʻxtatadi.
V aeroportu Tashkenta otkrыlsya novыy zal vыleta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Video
Toshkent aeroportida yangi terminal ochildi
Uzbekistan Airports xabariga koʻra, barcha reyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlari — Navoiy, Buxoro, Qarshiga yoʻnaltiriladi, u yerdan yoʻlovchilar uchun Samarqandga yerusti transferi tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, ayni paytda uzunligi 3105 metr va kengligi 60 metr boʻlgan yangi uchish-qoʻnish yoʻlagining qurilishi toʻliq yakunlangan.
Bir oy ichida yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi va perron bilan bogʻlash boʻyicha ishlar olib borilishi kerak.
2022 yilda SHHT sammitiga tayyorgarlik doirasida Samarqandda yangi aerodrom majmuasi qurilishi davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala