Siyosat

BMT Oʻzbekiston taklif etgan yoshlarga oid rezolyutsiyani tasdiqladi

© SputnikShavkat Mirziyoyev vыstupil s videoobraщeniyem na 76-y sessii Generalnoy Assamblei OON
Shavkat Mirziyoyev vыstupil s videoobraщeniyem na 76-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan SOVID-19 pandemiyaci sharoitida yoshlar huquqlarini taʼminlash boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi
TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi Oʻzbekiston tomonidan taklif qilingan SOVID-19 pandemiyasi davrida yoshlar huquqlarini taʼminlash boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Xabarda taʼkidlanishicha, Rezolyutsiya BMTning Inson huquqlari kengashiga aʼzo 47 davlatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullangan.
Ploщad Drujbы narodov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Siyosat
Oʻzbekistonda yoshlar huquqlari boʻyicha jahon anjumani boʻlib oʻtadi
"Hujjat davlatlarni yoshlarga teng imkoniyatlar yaratishga, SOVID-19 pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida ularning huquq va erkinliklarini taʼminlashga koʻmaklashishga chaqiradi. Shuningdek, rezolyutsiyada BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissarligi global pandemiyaning yoshlar huquqlariga taʼsirini yumshatish usullari, shu jumladan yoshlarning oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda kamsitish holatlarini aniqlash, shu jumladan yosh ayol va qizlarga nibsatan uchraydigan”, – deyiladi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, prezident Mirziyoyev joriy yilning fevral oyida oʻtkazilgan BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida pandemiya davrida yoshlar huquqiga oid rezolyutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish taklifini ilgari surgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala