Deputatlar dam olish kunlarini ko‘proq qilish taklifini bildirishdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPiknichok i zona otdixa v odnom iz gorodskix fontanov stolisi
Piknichok i zona otdixa v odnom iz gorodskix fontanov stolisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
Bu degani qonunchilikda belgilangan bayram kunlari agar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi.
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. O‘zbekistonda bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanbani ham dam olish kuni deb e’lon qilish taklif etildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasi davomida ma’lum qilindi.
“Taklif etilayotgan qonun loyihasida dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi kunga ko‘chirilishi belgilanyapti. Bu degani qonunchilikda belgilangan bayram kunlari agar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, loyiha quyi palataning 7-oktabrdagi yig‘ilishida birinchi o‘qishda muhokama qilingan. Keyin u bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar asosida pishiq-puxta holatga keltirilgan.
Deputatlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining kabul kilinishi amaliyotga qator qulayliklarni yaratadi. Bunda bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarining muvozanati ta’minlanadi. Qolaversa, ularning ijtimoiy hamkorlikka jalb qilinishi ortib, tomonlarning mehnat natijadorligiga qiziqishi rag‘batlantiriladi.
Mehnat qonunchiligi bo‘yicha 1-yanvar — Yangi yil, 8-mart — Xotin-qizlar kuni, 21-mart — Navro‘z bayrami, 9-may — Xotira va qadrlash kuni, 1-sentabr — Mustaqillik kuni, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, 8-dekabr — Konstitutsiya kuni, shuningdek, Ro‘za hayit hamda Qurbon hayit bayramlarining birinchi kunlari bayram kunlari sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0