Sport

Oʻzbekiston terma jamoasi Nukusdagi MMA musobaqasida Markaziy Osiyo gʻolibi boʻldi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaV Nukuse zavershilsya chempionat Tsentralnoy Azii po smeshannыm boyevыm iskusstvam
V Nukuse zavershilsya chempionat Tsentralnoy Azii po smeshannыm boyevыm iskusstvam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
Nukus shahrida birinchi marta aralash jang sanʼatlari boʻyicha havaskorlar oʻrtasida Markaziy Osiyo chempionati oʻtkazildi.
TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. 9-10 oktyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida birinchi marta aralash jang sanʼatlari boʻyicha havaskorlar oʻrtasida oʻtkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida Oʻzbekiston umumjamoa hisobida birinchi pogʻonadan joy oldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
© Ministerstvo oboronы UzbekistanaV Nukuse zavershilsya chempionat Tsentralnoy Azii po smeshannыm boyevыm iskusstvam
V Nukuse zavershilsya chempionat Tsentralnoy Azii po smeshannыm boyevыm iskusstvam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
V Nukuse zavershilsya chempionat Tsentralnoy Azii po smeshannыm boyevыm iskusstvam
Markaziy Osiyo aralash jang sanʼatlari Konfederatsiyasi (SAMMAS), Oʻzbekiston aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu chempionat 10 ta vazn toifasida oʻtkazildi. Musobaqani kuzatish uchun kelgan xalqaro ekspertlar qatorida Xalqaro aralash jang sanʼatlari (MMA) federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun ham ishtirok etdi.
Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Ozarbayjondan kelgan aralash jang sanʼati ustalari ikki kun davomida gʻoliblik uchun kuch sinashishdi. Musobaqada qatnashgan 20 nafar Oʻzbekiston vakilidan 7 nafari final bahslarigacha yetib keldi.
Oʻzbekistonlik sportchilardan -56.7 kg vaznlilar oʻrtasida Jamshidbek Tillaboyev, -65.8 kg vaznda Shukurjon Rustamov, -77.1 kg.da Munis Moʻminjonov, -83.9 kg vaznda Zokirjon Mamarasulov, 93 kg.da Husanboy Rahimov, -120.2 kg vazn toifasida Hasanboy Rahimov hamda +120.2 kg vaznlilar oʻrtasida Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi vakili Ixtiyor Xolmurodov raqiblarini magʻlub etib, havaskor MMA yoʻnalishidagi musobaqada Markaziy Osiyo chempioniga aylanishdi.
© Ministerstvo oboronы UzbekistanaV Nukuse zavershilsya chempionat Tsentralnoy Azii po smeshannыm boyevыm iskusstvam
V Nukuse zavershilsya chempionat Tsentralnoy Azii po smeshannыm boyevыm iskusstvam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
V Nukuse zavershilsya chempionat Tsentralnoy Azii po smeshannыm boyevыm iskusstvam
Shuningdek, -52.2 kg.da Odil Sayfiddinov, -65.8 kg.da Farruxjon Olimjonov, -70.3 kg.da Daler Yuldashev, -77.1 kg.da Azizjon Gʻulomhasanov, -83.9 kg.da Axmet Smetullayev, -93 kg.da Ilyos Komilov, -120.2 kg.da Fayzullo Maxammatov, +120.2 kg vazn toifasida esa Hakimjon Ismoilov bronza medalini qoʻlga kiritishga muyassar boʻldi.
Shu tariqa, umumjamoa hisobida 7 ta oltin va 8 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan Qozogʻiston terma jamoasi joy oldi. Uchinchi pogʻonaga 4 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan Tojikiston terma jamoasi koʻtarildi.
© Ministerstvo oboronы UzbekistanaV Nukuse zavershilsya chempionat Tsentralnoy Azii po smeshannыm boyevыm iskusstvam
V Nukuse zavershilsya chempionat Tsentralnoy Azii po smeshannыm boyevыm iskusstvam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
V Nukuse zavershilsya chempionat Tsentralnoy Azii po smeshannыm boyevыm iskusstvam
Chempionatning “Eng yaxshi jangchisi” nominatsiyasiga oʻzbekistonlik jangchi Ixtiyor Holmurodov loyiq deb topildi. Dadaxon Hasanov “Eng yaxshi hakam” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala