Migratsiya

Oʻzbekistonga bir guruh rossiyalik tibbiyot xodimlari keldi

© Press-slujba Agentstva po vneshney trudovoy migratsii RUzV Uzbekistan pribыla gruppa rossiyskix medrabotnikov
V Uzbekistan pribыla gruppa rossiyskix medrabotnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
Ular qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun oʻn ming nafar fuqaroni Rossiyaga tashkiliy tarzda ishga joʻnatish loyihasi doirasida kelishgan.
TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Fuqarolarni Oʻzbekiston hududida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish uchun tibbiy asbob-uskunalar bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimlari Oʻzbekistonga yetib keldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Sentyabr oyida Rossiya tomoni bilan oʻn ming fuqaroni yaqin vaqt davomida soddalashtirilgan tartib asosida Oʻzbekistondan Rossiyaga ishga jalb qilishga kelishilgan edi.
Ushbu loyiha doirasida nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bogʻliq, jumladan, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi koʻzda tutilgan.
“Endilikda Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patent olishda talab etiladigan tibbiy koʻrik Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkentda oʻrnatilgan tibbiy asbob-uskunalar yordamida yurtimizda amalga oshiriladi”, - deyilgan xabarda.
Agentlik bu fuqarolar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratib, ularning vaqti va xarajatlari qisqarishiga xizmat qilishini qoʻshimcha qilgan.
Respublikanskaya detskaya bolnitsa vo Vladikavkaze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Migratsiya
Mehnat migrantlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Oʻzbekistonda amalga oshiriladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala