Hodisalar

Toshkentda yongʻin oqibatida bir kishi halok boʻldi

Yangihayot tumanidagi uylarning birida sodir boʻlgan yongʻin bir kishining umriga zomin boʻldi.
TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida roʻy bergan oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yongʻin haqidagi xabar bugun, 11 oktyabr kuni, soat 09:50 da shahar FVBga xabar kelib tushgan.
FVV maʼlumotiga qaraganda, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:53 da yetib borgan. Yongʻin soat 10:03 da qurshab olingan va soat 10:25 da bartaraf etilgan.
Pojarnыy MCHS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Hodisalar
Toshkentda “Milliy taomlar oshxonasiga moʻljallangan binoda yongʻin yuz berdi
Yongʻin oqibatida uyning taxminan 20-25 kv.m. maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan.
Tezkor harakatlar natijasida olti fuqaroning hayoti saqlab qolingan. Bir fuqaro esa koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan halok boʻlgan.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala