Jamiyat

Oʻzbekistonga mehnat migrantlarini emlash uchun vaktsina olib kelindi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishVaktsina "Sputnik Layt"
Vaktsina Sputnik Layt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Yangi turdagi "Sputnik Layt" vaktsinasining 12 ming dozasi respublikaga olib kelindi.
TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Oʻzbekistondan Rossiyaga kelishuv asosida yuboriladigan 10 ming nafar quruvchi yangi turdagi “Sputnik layt” vaktsinasi bilan emlanadi.
Oʻzbekistondan Rossiyadagi qurilish jarayonlariga 10 ming nafar mehnat migranti ishga jalb qilinishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, nomzodlarni ishga jalb qilish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash, rus tili va Rossiya qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari — ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ham aytilgan.
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Jamiyat
Birinchi partiya: Olmaliqda 260,5 ming doza "Sputnik V" vaktsinasi ishlab chiqarildi
Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mehnat migrantlarini emlash uchun yangi turdagi "Sputnik Layt" vaktsinasining 12 ming dozasi respublikaga olib kelindi.
"Sputnik Layt" bir komponentli vaktsina boʻlib, u bilan toʻliq emlanish uchun vaktsinaning bir dozasini olish kifoya qiladi.
Ushbu vaktsina bilan faqat respublikadan yuborilishi moʻljallangan 10 ming nafar quruvchi migrantlar emlanadi. Vaktsinatsiya jarayoni rossiyalik tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala