Dunyoda

Saakashvilining ahvoli yomonlashmoqda - advokat

© Sputnik / Denis Petrov / Fotobankka oʻtishPredsedatel Odesskoy oblastnoy gosudarstvennoy administratsii Mixail Saakashvili
Predsedatel Odesskoy oblastnoy gosudarstvennoy administratsii Mixail Saakashvili - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining ahvoli yomonlashmoqda - advokat Basiliya.
TOSHKENT, 12 okt —Sputnik. Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining ahvoli yomonlashmoqda, dedi uning advokati Beka Basilaya.
Gruziya Adliya vazirligi vakillari bergan maʼlumotlarga koʻra, Mixail Saakashvili belgilangan dori -darmonlarni qabul qilmoqda, deya habar berdi TASS. Agentlik hibsga olingan Saakashvilining sogʻligʻi haqida quyidagi maʼlumotlarni berdi: qon bosimi – 120ga 90, puls - 90, glyukoza - 101. Avvalroq, Gruziya sobiq prezidentining shaxsiy shifokori bemorining sogʻligʻi yomonlashganini va uni kasalxonaga yotqizish kerakligini aytgan edi.
Siyosatchining oʻzi qamoqxonadan bergan navbatdagi xabarida, oʻz tarafdorlarini faol harakatga, xususan, 14 oktyabrdagi aktsiyada qatnashishga chorladi.
Gruziya otkrыla nebo: reysы yest, turistov net - video - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2021
Video
Gruziya muntazam parvozlarni tikladi, biroq sayyohlardan darak yoʻq – video
Gruziyaning sobiq prezidenti oxirgi paytda Ukrainada yashayotgan edi, u 1 oktyabr kuni Tbilisida hibsga olindi va Rustavi shahridagi qamoqxonaga joylashtirildi.
Saakashvili 2004 yilning yanvaridan 2013 yilning noyabrigacha Gruziyani boshqargan va muddati tugashiga bir necha kun qolganida mamlakatni tark etgan. Shundan soʻng unga qarshi toʻrtta jinoiy ish ochildi, ulardan ikkitasiga hukm chiqarildi. Sud Saakashvilini Gruziya Birlashgan banki xodimi Sandro Girgvlianini oʻldirgani uchun sirtdan uch yilga, deputat Valeriy Gelashvilini kaltaklaganiga olti yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Bundan tashqari, Saakashvili 2007 yil 7 noyabrda muxolifat mitingini tarqatib yuborish, "Imedi " telekompaniyasining davlat byudjetidan mablagʻlarni oʻzlashtirish ishlari bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda. Bu ishlar sud tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
Shuningdek hukumat davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish boʻyicha ham ish ochgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala