Rossiya

Rossiya armiyasi afsonaviy SVD oʻrniga qanday snayper miltigʻini qabul qilmoqda

© Sputnik / Rostislav Netisov / Fotobankka oʻtishPervenstvo po takticheskoy strelbe sredi snayperov silovыx podrazdeleniy Novosibirskoy oblasti
Pervenstvo po takticheskoy strelbe sredi snayperov silovыx podrazdeleniy Novosibirskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Rossiya qurolli kuchlarida 1960- yillardan beri foydalanib kelinayotgan afsonaviy SVD oʻrniga qanday vintovka qabul qilishni rejalashtirgan.
Yaqinda Rossiyada “Chukavin snayper miltigʻi”ning davlat sinovlari yakunlandi.Ushbu qurol Sovet va Rossiya armiyasida 50 yildan buyon foydalanib kelinayotgan afsonaviy SVD oʻrnini bosa oladimi? RIA Novosti xabariga asosan.

Chukavin snayper miltigʻi

Snayperskaya vintovka Chukavina (SVCH) ilk bor “Armiya-2017” harbiy-texnik forumida keng jamoatchilikka namoyish etilgan edi. "Kalashnikov" kontserni rahbari Aleksey Krivoruchkoning soʻzlariga koʻra, oʻshanda SVChga Rossiya Mudofaa vazirligi, Rosgvardiya va chet ellik xaridorlar qiziqish bildirgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ushbu qurolni “Patriot” poligonida shaxsan sinab koʻrgan edi.
© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin posetil park "Patriot"
Prezident RF V. Putin posetil park Patriot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Prezident RF V. Putin posetil park "Patriot"
Chukavin snayper vintovkasi - yarim avtomatik, 1200 metrgacha boʻlgan masofada dushmanni magʻlub etish uchun moʻljallangan. Vintovka juda ixcham - uzunligi bir metrdan oshmaydi. Patron qabul qilgich va stvol yagona “quti” ichiga joylashtirilgan va uning tepasiga optik koʻrish moslamasi oʻrnatish joyi bor. Miliq teleskopik taxlanadigan dasta va tepkini sozlash mexanizmi bilan jihozlangan. Bu qurolni oson transportirovka qilish va har bir mergan uchun uni oʻziga moslashtirish imkonini beradi.
Yangi miltiq gardina sxemasi boʻyicha ishlab chiqilgan. Yaʼni uning ichki mexanizmlari vertikal boʻlinmalarga joylashtirilgan. Bu qurolni hajmini kichik qilishga xizmat qiladi. Tepa qismi mustahkam metalldan yasalgan boʻlib, oʻq otish paytida u barcha bosimni oʻziga oladi. Vintovkaning qolgan qismida polimer va kompozit materiallar keng qoʻllaniladi. Buning evaziga uning ogʻirligi atigi 4,2 kilogrammni tashkil qiladi.
SVChning yana bir afzalligi - uning koʻp kalibrli arxitekturasi. Ayni damda unga uchta turli kalibrli stvollar oʻrnatilishi mumkin: 7.62x54 mm, 7.62x51 (NATO) va 8.6x70 mm (.338 Lapua Magnum) maxsus patronlar uchun.
© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin posetil park "Patriot"
Prezident RF V. Putin posetil park Patriot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Prezident RF V. Putin posetil park "Patriot"

Dragunov snayper miltigʻi

Sobiq veteran – Snayperskaya vintovka Dragunova (SVD)– oddiy, ishonchli nishonga aniq uradigan, qulay snayper miltigʻi hisoblanadi. Armiya topshiriqlarini u haliyam uddalay olsa-da, lekin uni biror muayyan vazifaga moslashtirish - mushkul ish.
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishPodgotovka siriyskix voyennoslujaщix rossiyskimi voyennыmi spetsialistami
Podgotovka siriyskix voyennoslujaщix rossiyskimi voyennыmi spetsialistami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Podgotovka siriyskix voyennoslujaщix rossiyskimi voyennыmi spetsialistami
Dragunov vintovkasi nisbatan yengil, ergonomika jihatidan juda qulay, dastasi yogʻochdan yasalgan. Uni ishlab chiqishda konstruktor koʻproq sport vintovkalaridan andoza olgan. Uning ishlatilgan patronni chiqarib tashlash va qayta oʻqlash mexanizmi ham porox gazlari yordamida aksariyat oʻqotar qurollarda boʻlgani kabi, anʼanaviy uslubda amalga oshiriladi.
SVDning ogʻirligi 4,5 kg, uning optik nishonga olish moslamasi 1300 metr masofaga moʻljallangan. SVD soʻnggi 50 yilda Yevroosiyo qitʼasida yuz bergan deyarli barcha yirik harbiy mojarolarda ishtirok etib, togʻ, choʻl va boshqa murakkab sharoitlarda oʻzini yaxshi namoyish etgan. 1980 yillarda afgʻon urushida ham u “koʻp ish” bajargan. Uni nafaqat sovet askarlari, balkim mujohidlar ham yuqori qadrlagan.
SVDning bir necha modifikatsiyasi ham ishlab chiqilgan. Ular orasida KSVK va ASVK-M modifikatsiyalari ham bor. Ularning asosiy vazifasi dushmanning yengil zirhlangan nishonlari va uchuvchisiz apparatlaridir. Bugungi kunda Rossiya armiyasida uchuvchisiz apparatlarni snayper miltiqlari yordamida urib tushirishga ixtisoslashgan maxsus boʻlinmalar ham tashkil qilingan.

ORSIS T-5000

Lekin hozirgi Suriya sharoitida Rossiya armiyasi mutlaq yangi snayper vintovkasi - ORSIS T-5000dan foydalanmoqda. Ushbu qurol 2011 yilda mahalliy korxona tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib tez orada bir necha nufuzli mukofotlarga sazovor boʻldi. Uning yordamida Rossiya “Alfa” boʻlinmasi 2012 yilda qurolli kuchlar orasida xalqaro musobaqada oltin medal olgan edi.
© Sputnik / Yevgeniy BiyatovSnayperskaya vintovka ORSIS T-5000
Snayperskaya vintovka ORSIS T-5000 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Snayperskaya vintovka ORSIS T-5000
ORSIS – yuqori aniqlik va oʻq otish jamligiga esa. Uning ushbu koʻrsatgichi - atigi 0,5 MOA. Bunga zamonaviy yigʻish texnologiyalari, maxsus ishlov berish va qismlarni bir-biriga moslashtirish natijasida erishildi. Undan tashqari, miltiq ergonomikasi ham juda yaxshi: uning dastagi qulay sozlanishi imkoniga, ushlagichi anatomik qulay shaklga egadir.
ORSIS T-5000 - 7,62x51 mmli (.308 Winchester) hamda 7,62x67mmli (.300 Winchester Magnum) va 8,6x70 mmli (.338 Lapua Magnum) patronlariga moslashtirilgan boʻlishi mumkin. Vintovka magazini 5 yoki 6 patronga moʻljallangan. Nishonga olish uzoqligi - 1650 metrgacha, lekin tajribali merganlar undan ham uzoq masofani nishonga olishlari mumkin.
"ORSIS" brendi Moskv shahrida joylashgan OOO "Promtexnologiya" qurol zavodiga tegishli boʻlib, "ORujeynыe SIStemы” iborasining qisqartirilgan shaklini anglatadi. Korxona eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan va bugungi kunda ovchilar, sport hamda ixtisoslashgan qurollar ishlab chiqaradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala