Dunyoda

Norvegiyada qurollangan erkak besh kishini kamondan otib oʻldirdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishStrelba iz luka
Strelba iz luka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Politsiya jinoyatchini 15 daqiqa ichida hibsga oldi. Ushbu voqea terakt boʻlgani ehtimoldan xoli emas deyilmoqda.
TOSHKENT, 14 okt - Sputnik. Norvegiyaning Kongsberg shaharchasida (Oslodan 80 km) nomaʼlum shaxs besh kishini kamondan otib oʻldirdi va bir necha kishini yaraladi, deb xabar qilmoqda DW.
Politsiya tez orada ushbu jinoyatda gumonlanuvchi shaxsni qoʻlga oldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra jinoyatchi bir oʻzi boʻlgan. Ushbu jinoyat terakt boʻlgani ehtimoldan xoli emas.
"Boʻlib oʻtgan voqealar zanjirini hisobga olganda, ushbu jinoyat terakt boʻlgani ehtimoldan xoli emas. Buni tekshirib aniqlash kerak. Gumonlanuvchi hozircha soʻroq qilingani yoʻq. Uning motivlari haqida gapirish hali erta", - dedi politsiya vakili Eyvind Aas 13 oktyabr kuni matbuot anjumanida.
Politsiya maʼlumotdiga koʻra, voqea 13 oktyabr kech soat 18:15da sodir boʻlgan. Jinoyatchi shaharning bir necha joyida hujumlar uyushtirgan. Soat 18:30da u supermarketga kirib kelgan. Oradan 15 daqiqa oʻtib jinoyatchi hibsga olingan. Uning yonidan pichoq va boshqa qurollar ham topilgan. Jinoyatchi Kongsbergda doim yashaydigan 37 yoshli daniyalik erkak ekanligi aniqlangan.
Voqea sodir boʻlgan hudud politsiya va maxsus boʻlinma kuchlari bilan har tomondan qurshab olingan, bir necha tez yordam brigadalari, sapyorlar va vertolyotlar ishlagan. Voqeadan soʻng Norvegiya politsiyasi rahbari mamlakatdagi barcha politsiya xodimlariga qurol berish haqida buyruq chiqargan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala