Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Pentagon Oʻzbekistonda "aksilterror" bazalarni joylashtirmoqchi - OAV

CC BY-SA 2.0 / David B. Gleason / The PentagonShtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA
Shtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Amerikalik harbiylar Oʻzbekistondan turib Afgʻonistondagi nishonlarni "yaxshiroq kuzatish va zarba berish"ga umid qilishmoqda.
TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Pentagon vakillari oktyabr oyida Oʻzbekistonda AQShning aksilterror kuchlarini joylashtirishni muhokama qiladi, deb xabar qilmoqda Politico nashri, Kongressdagi manbasiga asosan.
"Kun tartibida asosiysi "gorizont orti" aksilterror kuchlarini joylashtirish imkoni boʻladi. Bunday bitim AQSH harbiylariga Afgʻonistonni yaxshiroq kuzatish va u yerdagi nishonlarga zarba berish imkonini bergan boʻlardi", - deylgan xabarda.
Sentyabr oyining oxirida, Politico nashri AQSH Rossiya va MDH mamlakatlari bilan Afgʻoniston yaqinida joylashgan harbiy bazalardan terrorchilarga zarba berish maqsadida foydalanish haqida muzokaralar olib borgani haqida xabar qilgan edi. Oʻshanda Oʻzbekiston AQSH bilan bu borada hech qanday muzokaralar olib borilmayotganini maʼlum qilgan edi.
Maʼlumot uchun, prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qilishiga koʻra, Oʻzbekiston "2012 yilda qabul qilgan kontseptsiyasi va mudofaa qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston hududida hech qanday xorijiy davlat harbiy bazalarining joylashtirilishi mumkin emas va Oʻzbekiston biz hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga ham qoʻshila olmaydi".
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Moskva AQShning har qanday harbiy infratuzilmasini Markaziy Osiyo davlatlariga koʻchirilishiga qarshi ekanini maʼlum qilgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham oʻz hamkasabasi Jo Bayden bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida xuddi shunday fikr bildirgan edi.
Eslatib oʻtamiz, AQSH yigirma yillik tinchlikparvar operatsiyasidan soʻng 2021 yilning avgustida oʻz qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketgan edi. Shundan soʻng Tolibon* harakati Afgʻoniston hududida toʻliq nazorat oʻrnatdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala