Jamiyat

“Tashkent City” bogʻiga kirish yana bepul boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDoma, vыpolnennыe v klassichesko-yevropeyskom stile v Tashkent-Siti
Doma, vыpolnennыe v klassichesko-yevropeyskom stile v Tashkent-Siti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
“Tashkent city” XIM DUK direktsiyasi xabariga koʻra, avtotransport vositalarida kirishda toʻlov undirilishda davom ettiriladi.
TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. 2021 yil 14 oktyabr kunidan “Tashkent City” bogʻi hududiga kirish bepul boʻladi. Bu haqda “Tashkent City” XIM DUK direktsiyasi maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, avtotransport vositalarida kirish bundan mustasno.
Oʻtgan yil dekabridan boshlab “Tashkent City” bogʻiga kirish vaqtinchalik pulli etib belgilangan edi. U yerga kirish uchun 12 yoshdan kattalar 10 ming soʻm toʻlashlari kerak edi.
Ushbu holatga shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev oʻz munosabatini bildirgan edi. Uning fikricha soliq toʻlovchilar "Tashkent City"ga kirganida pul toʻlasa adolatli boʻladi. U, shuningdek, "Bir oyda saqlab turishga 900 mln soʻm, har bitta fontanni otilishiga bir kunda 1 mln soʻmdan koʻp pul ketadi", — deya maʼlum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala