Termizda o‘zbek-afg‘on muzokaralari boshlandi

© Sputnik / StringerSituatsiya v gorodke Xayratan
Situatsiya v gorodke Xayratan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2021
Obuna bo‘lish
Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmini oshirish, Afg‘onistonga elektr uzatish va temiryo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinadi.
TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Ayni dama Termiz shahrida Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salam Hanafiy boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar boshlandi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot kotibi.
Muzokaralarda O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchilik qiladi, - deyilgan xabarda.
Oldin xabar berilganidek, ushbu muzokaralarda savdo-iqtisodiy masalalar, xususan o‘zaro savdo hajmini oshirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish, "Surxon-Puli-Xumri" elektr uzatish liniyalari ishga tushirilishi hamda Mozori-Sharif-Qobul-Peshovar marshruti bo‘yicha rejalashtirilgan temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Termizdagi uchrashuv to‘g‘risda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Afg‘onistonga 7-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan tashrifi chog‘ida erishilgan edi.
Abdul Salam Xanafiy - etnik o‘zbek, Tolibon* harakatiing yetakchilaridan biri. Bosh vazirning ikkinchi o‘rinbosari v.b. Tolibon*ning Qatardagi ofisida markaziy figuralardan biri. Tolibon* birinchi hukumronlik qilgan yillarda (1996-2001) Ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Wikipedia ma’lumotiga asosan.
Abdul Salam Xanafiy

Etnik o‘zbek, Tolibon* harakatiing yetakchilaridan biri. Bosh vazirning ikkinchi o‘rinbosari v.b. Tolibon*ning Qatardagi ofisida markaziy figuralardan biri. Tolibon* birinchi hukumronlik qilgan yillarda (1996-2001) Ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan, wikipedia.

KengaytirishYig‘ishtirish
* Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0