Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻonistonning qoʻshnilari Tehronda yuzma-yuz muloqot oʻtkazadi

© Press-slujba Ministerstva inostrannыx del UzbekistanaMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov prinyal uchastiye vo vtoroy ministerskoy vstreche v formate "Kitay — Tsentralnaya Aziya"
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov prinyal uchastiye vo vtoroy ministerskoy vstreche v formate Kitay — Tsentralnaya Aziya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Uchrashuv Tashqi ishlar vazirlari darajasida boʻlib oʻtadi
TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. – Afgʻonistonga qoʻshni boʻlgan davlatlarning vakillari Tehronda uchrashuv oʻtkazadi. Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Said Xatibzoda matbuot anjumanida maʼlum qilgan.
Uchrashuv 27 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi va bir kun davom etadi.
Eron poytaxtiga Afgʻonistonga qoʻshni mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari tashrif buyurishadi.
Xatibzodaning soʻzlariga koʻra, asosiy eʼtibor onlayn tarzda oʻtkazilgan birinchi bosqichdagi muloqotni davom ettirishga qaratiladi.
“Oltita davlat oʻz salohiyatini Afgʻonistonda barcha milliy guruhlar ishtiroki taʼminlanadigan inklyuziv hukumatni shakllantirishga yordam berishga qaratadi“, deya taʼkidladi Eron TIV vakili.
Eslatib oʻtamiz, “Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar” formatidagi dastlabki muzokaralar sentyabr oyi avvalida videomuloqot shaklida boʻlib oʻtgan edi. Unda Tojikiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Pokiston, Eron va Xitoy vakillari ishtirok etishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala