Jamiyat

Eron universitetida oʻzbek tili oʻqitiladi

Uchebniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Mazkur kurs “Turk tili va adabiyoti” kafedrasi talabalari uchun moʻljallangan.
TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 21 oktyabr – Oʻzbek tili bayramiga bagʻishlab Eronning yetakchi universitetlaridan biri Alloma Tabotaboiy oliygohida oʻzbek tili kurslarini yoʻlga qoʻymoqda.
Mazkur kurs “Turk tili va adabiyoti” kafedrasi talabalari uchun moʻljallangan. Oʻquv kursi leksik, grammatik va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan materiallarni oʻz ichiga olib, ular Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy hayotini aks ettiruvchi matnlardan iborat boʻladi.
Ruki na klaviature - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Jamiyat
Xorijlik talabalar oʻzbek tilini onlayn shaklida oʻrganishlari mumkin
Sharqshunoslik universiteti xodimlarining maʼlum qilishicha, mashgʻulotlar 28 oktyabrdan boshlanadi va onlayn tarzda oʻtkaziladi.
Bu joriy yil hisobidan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xorijda oʻzbek tilini oʻqitish boʻyicha ikkinchi tajribasi. Birinchisi Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti sharqshunoslik talabalari uchun tashkil etilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala