Ertaga prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari teledebatlarda uchrashishadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDesyatыy sʼyezd partii UzLiDep
Desyatыy sʼyezd partii UzLiDep - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Teledebatlar “Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va maʼrifat” telekanallarida uzatilib boriladi
TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Oʻzbekiston respublikasi Prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari oʻrtasida teledebatlar boʻlib oʻtadi. Bu haqda OʻzLiDePning rasmiy telegram kanali xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 19 oktyabr kuni soat 17:00 da Prezidentlikka nomzodlarning vakillari ishtirokidagi qizgʻin bahs-munozarali teledebatlar boʻlib oʻtadi. Mazkur jarayonni “Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va maʼrifat” telekanallarida tomosha qilish mumkin boʻladi.
Shu bilan birga, debatlar aholini barcha qatlamlarini qamrab olishi uchun “Yoshlar” va “Toshkent” telekanallarida – ruscha tarjima, “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida esa – inglizcha va (surdo) tarjimasi bilan ham efirga uzatish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasing UZTV.TV platformasi orqali munozaralarni butun dunyo boʻylab kuzatish mumkin boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala