Iqtisod

Mahalla xodimlarining oyligi 35 foizga koʻtariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Prezident farmoni bilan 1 noyabrdan hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq boʻlgan MFY xodimlari oylik maoshi 35 foizga oshiriladi.
TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Prezident “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Unga koʻra, 2021 yil 1 noyabrdan hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq boʻlgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining oylik lavozim maoshlari 35 foizga oshiriladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlari tegishli mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
MFY xodimlarini ragʻbatlantirish, ularga buxgalteriya xizmatini koʻrsatish vazifasi tuman (shahar) hokimliklaridan — tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga oʻtkaziladi.
Shu bilan bir qatorda, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etiladi.
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari boʻladi:
fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yillik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining (moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarini inobatga olmagan holda) 10 foizi miqdoridagi byudjet mablagʻlari;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan ajratiladigan mahalliy byudjetlar qoʻshimcha manbalarining 3 foizi miqdoridagi ajratma;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olingan mablagʻlar;
homiylik mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Masʼul shaxslarga tuman (shahar) hokimliklariga tegishli boʻlgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan foydalanib kelingan bino hamda inshootlar tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini taʼminlashga koʻrsatma berilgan.

Bundan tashqari, 2021 yilda barcha mahalla fuqarolar yigʻinlariga zarur kantselyariya mahsulotlari xaridi uchun, Moliya vazirligi tomonidan 9,2 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala