Jamiyat

Oʻzbek-xitoy vaktsinasi bilan emlanganlar Umraga bora olishadimi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaktsinatsiya v Tashkente
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarni tan olish masalasida muzokaralar olib bormoqda.
TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Oʻzbek-xitoy vaktsinasi bilan emlangan oʻzbekistonlar hozircha Saudiya Arabistoniga Haj va Umra ziyoratini amalga oshirish uchun bora olishmaydi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov maʼlum qildi.
“Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligidagi vaktsinani JSTTdan roʻyxatdan oʻtkazish uchun kerakli hujjatlar taqdim etilgan. Agar JSST ushbu vaktsinani tan olib, eʼtirof etadigan boʻlsa bu masala tabiiyki yechiladi”, - dedi Nurmatov.
Uning soʻzlariga koʻra, hozirda Diniy qoʻmita Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarni tan olish masalasida muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan maʼqullangan COVID-19 ga qarshi vaktsinalar bilan emlangan xorijliklarga Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala