Sport

Salonikidagi JChda oʻzbekistonlik yosh sambochilar umumjamoa hisobida ikkinchi boʻlishdi

Sambo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Yosh sambochilar 17 medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi
TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Gretsiyaning Saloniki shahrida oʻtkazilgan sambo boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston yoshlar va oʻsmirlar terma jamoasi ishtirok etishdi va respublikaga jami 17 medalni koʻlga kiritishdi. Bu haqda Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Chempionat yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza jami 17 medalni qoʻlga kiritib umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.
Birinchilik Rossiya terma jamoasiga nasib etgan boʻlsa, kuchli uchlikka Ukraina vakillari yakun yasashdi.
Bu oʻzbek sambochilarining jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashdi ilk marotaba yuz berdi.
Eslatib oʻtamiz, bunday jahon chempionatlarida shu kungacha oʻzbekiston jamoasi faqat uchinchi pogʻona bilan cheklanib qolgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala