Migratsiya

Bugun Oʻzbekistonda mehnat migrantlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boshlanadi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya
Vaktsinatsiya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Rossiya hukumati qabul qilgan maxsus dasturga koʻra, mehnat migrantlari Oʻzbekistonda tibbiy koʻrikdan oʻtadi, rus tilidan imtihon topshiradi va "Sputnik Layt" vaktsinasi bilan emlanadi.
TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Oldin xabar berganimizdek, Rossiyaga tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborilayotgan mehnat migrantlarining birinchi guruhi bugun 19 oktyabr kuni Oʻzbekistonda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga asosan, RIA Novosti xabar bermoqda.
“Bugun birinchi 35 kishi ilk bor tibbiy koʻrikdan oʻtadi. Dastur doirasida ishlash mexanizmining soʻnggi sinovlari oʻtkazilmoqda”, - dedi agentlik vakili.
Mutaxassis aytishiga koʻra, Oʻzbekiston tomona Rossiya IIVga talabgorlarning pasport maʼlmuotlarini yuborishni boshlagan. IIV nomzodlarni Rossiyaga kirishga taʼqiq qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganini tekshirishadi.
Undan tashqari Agentlik vakili pilot loyiha doirasida Toshkentga 10ta kompaniya vakillari kelib mutaxassislarni tanlab olishni boshlaganini ham maʼlum qildi. “Yaqin kunlar ichila Rossiya Qurilish vazirligi roʻyxatida boʻlgan boshqa kompaniyalar vakillarini ham kutmoqdamiz”, - dedi manbaa.
Eslatib oʻtamiz, ayni damda Rossiyaning yirik qurilish obʼyektlarida ishlash uchun Oʻzbekistondan 10 ming kishini tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish boʻyicha loyiha ishga tushirilgan. Uning doirasida Rossiyalik shifokorlar mehnat migrantlarini Oʻzbekistonda koʻrikdan oʻtkazish va rus tilidan imtihon olish hamda “Sputnik layt” vaktsinasi bilan emlash rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala