Iqtisod

Fargʻonada dekabrdan gibrid elektromobillar ishlab chiqarila boshlanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOʻzbeksko-kitayskoye SP po proizvodstvu elektromobiley v Fergane
Oʻzbeksko-kitayskoye SP po proizvodstvu elektromobiley v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Fargʻona viloyatida joylashgan oʻzbek-xitoy qoʻshma korxonasida 2021 yilning dekabr oyidan boshlab elektromobillar sinov tartibida ishlab chiqarila boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Fargʻona shahridagi Fargʻona mexanika zavodi hududida joylashgan “Central Asia Motors” korxonasini ishga tushirish bilan bogʻliq jarayonlar bilan tanishdi.
Oʻzbek-xitoy qoʻshma korxonasmning umumiy qiymati 50 million dollarni tashkil qiladi. Undan 10 millioni Oʻzbekiston tomoninini 40 millioni Xitoy toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyasi tashkil qiladi.
Dastlabki bosqichda korxonada elektromobillarning 3xili ishlab chiqariladi: YE200 – kichk SUV
Turidagi avtomobil, YE400 – furgon va YE500 - yoʻltanlamas koʻrinishidagi avtomobil. Loyiha doirasida Oʻzbekistonda ushbu avtomobillar kuzovi, akkumulyatori ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek quvvatlash stantsiyalari ham quriladi.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOʻzbeksko-kitayskoye SP po proizvodstvu elektromobiley v Fergane
Oʻzbeksko-kitayskoye SP po proizvodstvu elektromobiley v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Oʻzbeksko-kitayskoye SP po proizvodstvu elektromobiley v Fergane
Korxona bosqichma-bosqich ishga tushiriladi va 2022 yilda yakunlanadigan korxonada jami 350 dan ortiq yangi ish oʻrilari yaratiladi. Toʻla quvvati bilan ishga tushgach, korxonada yillik 10 ming elektromobil ishlab chiqariladi.
Oʻzbekistonda avtomobillarni elektr quvvatlovchi stantsiyalar kamligini hisobga olgan holda, dastlabki bosqichda gibrid (tok va benzin) elektromobillar ishlab chiqariladi. Bunday avtomobillarda elektr quvvati 20 foizdan kamayganda benzin dvigateli ishga tushadi hamda benzin bilan ishlash jarayonida elektromobil batareyasi quvvat oladi, deyilgan xabarda.
Hozirda elektromobillarni yigʻish va test uskunalaridan oʻtkazish tsexi hamda elektroforez va boʻyash tsexi ishlab chiqarish jarayonlariga tayyor boʻlib, elektromobillarning kuzov qismini payvandlash uchun tsex tashkil etishga qoʻshimcha ishlab chiqarish maydoniga ehtiyoj borligi masalasi viloyat hokimiga bildirildi.
Viloyat rahbari, mexanika zavodi hududidagi boʻsh turgan maydonlardan ushbu investitsion loyihani yakunlash uchun belgilangan tartibda joy ajratib berish boʻyicha tegishli masʼullarga topshiriq berdi.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOʻzbeksko-kitayskoye SP po proizvodstvu elektromobiley v Fergane
Oʻzbeksko-kitayskoye SP po proizvodstvu elektromobiley v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Oʻzbeksko-kitayskoye SP po proizvodstvu elektromobiley v Fergane
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala