O‘zbekistonda deputat yordamchisi lavozimi qonuniylashtirildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishMujchini v kostumax i s portfelyami
Mujchini v kostumax i s portfelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Obuna bo‘lish
Mehnatga haq to‘lash, shuningdek yordamchiga kafolat va kompensatsiya to‘lovlari siyosiy partiya hisobidan amalga oshiriladi
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. O‘zbekistonda deputatning yordamchisi lavozimi davlat rahbarining imzolagan qonuniga muvofiq rasman joriy etildi.
Xususan, "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida" gi qonunida yangi 94 modda (deputatning yordamchisi) kiritildi.
Hujjatga ko‘ra, 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarosi xalq deputatining yordamchisi bo‘lishi mumkin. Uni ishga qabul qilish deputatning taqdimnomasiga ko‘ra deputatning vakolatlari davriga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ishga qabul qilingandan so‘ng, unga maxsus xizmat guvohnomasi beriladi. Mehnatga haq to‘lash, shuningdek yordamchiga kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari siyosiy partiya hisobidan amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0