Shimoliy Koreya suvosti kemalari ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi

© REUTERS / KCNA ATTENTION EDITORSZapusk raketi v KNDR
Zapusk raketi v KNDR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Obuna bo‘lish
KXDR tomonidan ballistik raketaning sinovdan o‘tkazilishi butun dunyo hamjamiyati uchun jiddiy xavfdir - bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng Yaponiya aynan shunday bayonot bilan chiqdi
TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Janubiy koreyalik harbiylarning taxminiga ko‘ra, KXDR suvosti kemalari ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda "Tona Ilbo" nashri o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Seshanba kuni janubiy koreyalik harbiylar KXDR Yapon dengizi tomoniga noma’lum snaradni uchirgani haqida bayonot e’lon qildi. Sal keyin ballistik raketa uchirilganiga oydinlik kiritildi.
Bir vaqtning o‘zida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Shimoliy Koreya tomonidan Yapon dengizi tomoniga ikkita snarad uchirilgani, ular katta ehtimol bilan ballistik raketa ekanliklari haqida bayonot berdi.
Predsedatel Trudovoy partii Korei Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2020
Kim Chen In: yadroviy qurol KXDRda urushsiz hayotni ta’minlaydi
Janubiy koreya nashri manbasigaga ko‘ra ham suvosti kemalari ballistik raketalari sinovdan o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin.
Sababi, manbaning aytishicha, raketalar uchirilgan deb taxmin qilinayotgan hudud - Sinpxo shahrida suvosti kemalari quriladigan korxona joy olgan.
Ayni vaqtda Yaponiya mudofaa vazirligi rahbari Nobuo Kisi KXDR tomonidan davom ettirilayotgan raketa sinovlari butun jahon hamjamiyati uchun tahdid ekani haqida bayonot bilan chiqdi.
"2019 yil may oyidan boshlab Shimoliy Koreya tez-tez raketa sinovlarini amalga oshirib kelmoqda. Bundan maqsad raketa texnologiyalarini mukammallashtirish ekani aniq. Shimoliy Koreya tomonidan davom ettirilayotgan raketa sinovlari butun jahon hamjamiyati, xususan, Yaponiya uchun jiddiy xavfdir", - degan Nobuo Kisi. Yaponiya mudofaa vaziri chiqishi NHK telekanali orqali namoyish etilgan.
Yangiliklar lentasi
0