O‘zbekiston bilan chegarada pora olib kelgan qator qirg‘iz amaldorlari qo‘lga olindi

© © Sputnik / Tabildi KadirbekovGranitsa mejdu Kazaxstanom i Kirgizstanom, arxivnoe foto
Granitsa mejdu Kazaxstanom i Kirgizstanom, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olinganlar orasida - Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati rahbari - direktor birinchi o‘rinbosari bor
TOShKENT, 20 okt - Sputnik. Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston bilan chegaradosh "Do‘stlik—avtodorojniy" chegara o‘tkazish posti orqali muntazam pora olib kelgan qator qirg‘iz amaldorlarini qo‘lga oldi.
Amaldorlar O‘zbekiston fuqarolaridan, jumladan, yuk tashuvchilardan doimiy ravishda pul, pora talab qilganliklari aytilmoqda.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
O‘zbek-qirg‘iz chegarasi yaqinida logistika markazi qurilishi boshlandi
Qo‘lga olinganlar orasida chegara posti rahbari, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi O‘sh viloyati bo‘yicha chegara xizmati boshqarmasi boshlig‘i hamda qo‘mita chegara xizmati bosh shtabi boshlig‘i — direktor birinchi o‘rinbosari bor.
Hozirda Jinoyat kodeksining "Bir guruh shaxslar tomonidan pora olish" (325-modda) moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
"Do‘stlik-avtodorojniy" nazorat o‘tkazish punkti rahbari A. E., O‘sh viloyati bo‘yicha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi O‘sh viloyati bo‘yicha chegara xizmati boshqarmasi boshlig‘i Ch. N., shuningdek, direktorning birinchi o‘rinbosari — Chegara xizmati Bosh shtabi rahbari K. B qo‘lga olingan.
Yangiliklar lentasi
0