Jamiyat

Oʻzbekiston rossiyalik oʻqituvchilarni koʻproq jalb qilishni istaydi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishObucheniye russkomu yazыku
Obucheniye russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Oʻzbekiston 2030 yilga kelib Rossiyadan jalb qilingan rus tili oʻqituvchilari sonini 1000 kishiga yetkazishni rejalashtirgan.
TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Rossiyadan jalb qilinayotgan rus tili oʻqituvchilari sonini 1000 kishiga yetkazishni rejalashtirgan, dedi RIA Novostiga Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev.
Shu kunga qadar Oʻzbekistonda "Klass!" loyihasi doirasida ishlagan rossiyalik oʻqituvchilar soni 200 kishidan oshgan.
“Bugungi kunda respublikaning turli burchaklaridagi maktablarda 130dan ortiq oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ular Rossiyadan kelib Oʻzbekistonda ishlamoqda”, - dedi Sharifxoʻjayev jurnalistlarga.
Rossiyalik oʻqituvchi va metodistlar "Klass!" loyihasi doirasida Oʻzbekistonga kelishgan. Ushbu loyiha respublikada maktab oʻqiuvchilarining rus tilini oʻrganishi darajasini oshirishga qaratilgan.
Sharifxoʻjayev aytishiga koʻra, loyiha doirasida rossiyalik oʻqituvchilar Oʻzbekistonga bir akademik yilga kelishadi. Loyihaning oʻzi esa 10 yilga moʻljallangan, lekin uni amalga oshirish moliyalashtirishga bogʻliq, dedi mutaxassis.
"Klass! loyihasi Rossiya va Oʻzbekiston taʼlim vazirliklari kelishuvi hamda Alisher Usmonovning “Sanʼat, fan, sport” xayriya fondi koʻmagi asosida oʻtgan yilning oktyabr oyida ish boshlagan edi. Loyiha 10 yilga moʻljallangan boʻlib uni amalga oshirishda Rossiyaning Gertsen nomidagi Rus tili instituti va Oʻzbekiston oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish Instituti ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala