Jamiyat

Toshkentda olti qatorli yoʻl foydalanishga topshirildi

© Press-slujba prezidenta RUzDopolnitelnaya doroga, soyedinyayuщaya Sergeli s Yakkasarayskim rayonom sdana v ekspluatatsiyu
Dopolnitelnaya doroga, soyedinyayuщaya Sergeli s Yakkasarayskim rayonom sdana v ekspluatatsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Olti qatorli mazkur yoʻl va koʻpriklar soatiga 12 mingtagacha avtotransportni oʻtkazish quvatiga ega boʻladi.
TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Toshkent shahrining Yakkasaroy va Sergeli tumanlarida qurilgan yangi yoʻlni koʻzdan kechirdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.
Sergeli bilan Yakkasaroy tumanini bogʻlaydigan qoʻshimcha yoʻl loyihasi ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Choʻponota koʻchasidan Toshkent halqa yoʻligacha qariyb 2 kilometrlik trassa qurib bitkazilgan. Uning Kichik halqa yoʻli ustidan oʻtgan qismida 788 metrlik koʻprik va Toshkent halqa yoʻliga tutashgan joyida ikkita 207 metrlik yoʻl oʻtkazgich barpo etilgan.
 Pervыe passajirы sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.12.2020
Foto
“Aholi uchun qulaylik”: metroning Sergeli yoʻnalishi ishga tushdi
Mazkur transport inshootlari Mirziyoyev tashrifidan soʻng ochildi.
"Ushbu yangi yoʻl va koʻpriklar muhandislik yechimiga koʻra juda qulay. Birinchidan, mazkur yangi koʻcha Toshkentning eng yirik transport arteriyalari – kichik va katta halqa yoʻllari bilan kesishadi. Ikkinchidan, transportlarning yangi koʻprikka chiqishi ham, undan tushishi qulay. Hech qanday svetofor yoki qayrilib olishsiz, boshqalarga xalaqit bermagan holda, keyingi yoʻnalishga qoʻshilib ketish mumkin", - deyiladi xabarda.
Ayni paytda loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida jadal ish olib borilmoqda. Toshkent halqa yoʻlidan Qipchoq koʻchasigacha boʻlgan 4 kilometrdan ziyod yoʻl qurilmoqda.
Umuman, 6 qatorli mazkur yoʻl va koʻpriklar soatiga 12 mingtagacha avtotransportni oʻtkazish quvatiga ega boʻladi. Shu tariqa, Sergeli tumanidan shahar markaziga yetib borish vaqti oldingi 40-50 daqiqa oʻrniga 20 daqiqani tashkil qiladi. Yangi Sergeli koʻchasidagi tirbandlik ikki baravarga qisqaradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala