Jirinovskiy uchinchi jahon urushini uning 80-yillik yubileyigacha boshlamay turishni so‘radi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLider LDPR Vladimir Jirinovskiy
Lider LDPR Vladimir Jirinovskiy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2021
Obuna bo‘lish
Jirinovskiy uchinchi jahon urushi boshlanishi sanasini 2027-yilgacha qoldirishlarini so‘radi
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. NATO va Ukrainaning hamkorlikdagi mashg‘ulotlari "haqiqiy urushga" tayyorgarlikdan boshqa narsamas, deb bayonot qildi "Rossiya 1" telekanali efirida LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy.
Siyosatchi fikriga ko‘ra, keng ko‘lamli mojaro 2027-yilda boshlanishi mumkin: Rossiya chegaralariga sekin-asta qo‘shinlar tortilmoqda, go‘yo Kiyevga "yordam" ostida esa qurol-yarog‘larni jamlash jarayoni amalga oshirilmoqda.
NATO samolyotlari Rossiya chegaralariga tez-tez yaqinlashmoqda
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
NATO "josuslari" Rossiya chegaralari yaqinida. Ularga Kamchatka va Donbass nima uchun kerak
"Men o‘zimning 80-yillik yubileyimni xotirjam kutib olmoqchiman. 2026-yilda 80 yoshga to‘laman, keyin esa - marhamat, 85 yoshga to‘lgunimcha bemalol boshlayvering", — deydi Jirinovskiy.
Siyosatchi shuningdek, Ukrainada qachonlardir ko‘plab qurol-aslaha saqlangani, bu zaxira uchinchi jahon urushiga ham yetgan bo‘lishini aytib o‘tadi. Oqibatda esa, qurol-aslahalar "talon-taroj qilingan, sotib yuborilgan, tarqatib yuborilgan".
Sal avval Ukraina Mudofaa vaziri Andrey Taran mamlakatda YeI harbiy-o‘quv mashg‘ulotlar missiyasi 2021-yil yakuniga qadar bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bunga javoban Moskva Kiyev va Brusselni bunday o‘ylanmagan rejalardan voz kechishga chaqirishini qayd etdi. Moskva pozitsiyasiga ko‘ra, bu kabi harakatlar Donbassda ziddiyatni kuchaytirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0