Siyosat

Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan aviaqatnovlarni qayta tiklashga tayyormi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye Mejdunarodnogo aviatsionno-kosmicheskogo salona MAKS-2019
Otkrыtiye Mejdunarodnogo aviatsionno-kosmicheskogo salona MAKS-2019 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Oʻzbekiston hukumatining afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatishi kun tartibiga qoʻyilgan masalalardan biri edi
TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Oʻzbekiston hozircha Afgʻoniston muvaqqat hukumati bilan aviaqatnovlarni qayta yoʻlga qoʻyishni muhokama qilmayapti. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratovning soʻzlariga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
“Yoʻq, parvozlarni qayta tiklash masalasi hali kun tartibida emas”, – dedi vazir oʻrinbosari.
Eslatib oʻtamiz sal avvalroq, 16 oktyabr kuni Termiz shahrida Oʻzbekiston va Afgʻoniston delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtgandi.
Unda tomonlar xalqaro yuk tashish hamda tranzit sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Xususan "Surxon–Puli–Xumri" elektr uzatish liniyasini oʻtkazish hamda "Termiz–Mozori Sharif–Kobul–Peshovar" temir yoʻlini qurish boʻyicha, qolaversa boshqa bir qator kelishuvlarga erishildi.
Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiyasiga bosh vazir oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Afgʻoniston tomoniga esa Muvaqqat hukumat rahbarining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchilik qildi.
Bu Termiz shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvda L.Qudratov ham ishtirok etgan. Uning taʼkidlashicha, uchrashuv davomida afgʻongʻoniston taraf temir yoʻl qurilishi loyihasini amalga oshirishga "rozilik bildirgan".
“Hozircha loyihani amalga oshirish muddatlari haqida gapirishga erta, bu hammasi moliyalashtirishning boshlanishiga bogʻliq”, – dedi Qudratov.
Avvalroq, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Mozori Sharif-Kobul-Peshovar transafgʻon temir yoʻl loyihasi qurilishiga start berilganligini hamda Afgʻonistonning yangi hukumatining xalqaro miqyosda eʼtirof etilishi va unga xalqaro moliyalashtirish eshiklari ochilishi bilan bogʻliqligini maʼlum qilgan edi.
Xuddi shu oʻrinda, oʻzbek-afgʻon muhokamalari doirasida bu yagona mavzu emas.
Toshkent Kobuldan yordam vositalarini yetkazib berish boʻyicha aniq boʻlgan takliflarni kutmoqda. Bu asosan gumanitar koʻrinishidagi yordam boʻlib, inson birinchi ehtiyojiga kiradigan narsalar va kiyimlar haqida gap ketmoqda.

“Bu albatta kommertsiya ishlari boʻladi, lekin bir xilgi hajmlarni yordam tariqasida ham soʻrashmoqda”, – deb aniqlik kiritdi Qudratov.

Uning maʼlumotiga koʻra, yanvar-avgust oylarida ikki davlatlar oʻrtasidagi tovaraylanma, oʻtgan yil bilan solishtirganda “ijobiy oʻsish” holatida turibdi.
Bundan sal avvalroq, Oʻzbekiston TIV matbuot kotibi va rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov, 14 sentyabr kuni Oʻzbekiston Afgʻonistonga 1,3 ming tonnalik tibbiyot, kiyim-kechak va oziq-ovqat koʻrinishidagi gumanitar yordam yuborilganligini xabar qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, avgust oyi boshida “Tolibon” * AQSH oʻz qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqish vaqtida hukumat kuchlariga qarshi hujum boshladi va 15 avgustda Kobulga kirib keldi. 31 avgustga oʻtar kechasi Amerika Qoʻshma Shtatlari barcha harbiylarini Islom Respublikasidan olib chiqib ketganini eʼlon qildi va bu mamlakatdagi missiyasini rasman yakunladi. Shundan soʻng, “Tolibon” * 20 yillik urush tugaganini va sentyabr oyining boshida harakat rahbarlariga asoslangan muvaqqat hukumat tarkibini eʼlon qildi.
* RFda taʼqiqlangan xalqaro terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala