Migratsiya

Rossiya mehnat migrantlarining huquqiy maqomi toʻgʻrisidagi MDH konventsiyasiga qoʻshilmaydi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishSituatsiya u migratsionnogo tsentra v Podmoskovye
Situatsiya u migratsionnogo tsentra v Podmoskovye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Rossiya, Mehnat vazirligining muvofiqlashtirilgan poziyatsiyasiga koʻra, mehnat migrantlarining huquqiy maqomi toʻgʻrisidagi MDH konventsiyasiga qoʻshilmaydi.
TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiya MDH mehnat migrantlarining huquqiy maqomi haqidagi konventsiyaga qoʻshilmaslikka qaror qildi. Bu haqida bosh vazir Mixail Mishustinning tegishli buyrugʻida aytib oʻtilgan.

“MDH davlatlari mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarining huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi konventsiyaga qoʻshilmaslik haqidagi Rossiya Mehnat vazirligining TIV va boshqa manfaatdor organlar bilan muvofiqlashtirilgan taklifi qabul qilinsin”, - deyilgan buyruqda.

Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida Rossiya diplomatik vakolatxonasi MDH ijroiya qoʻmitasiga xabar qiladi.
Eslatib oʻtamiz, MDHning 30 yilligiga bagʻishlangan sammitda Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston MDH mehnat bozorini rivojlantirish, mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish mexanizmlarini tezroq joriy etish tarafdori ekanini aytib oʻtgan edi.
Kishinyovda 2008 yilning 14 noyabrida qabul qilingan MDH mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari toʻgʻrisidagi konventsiya bilan quyida tanishish mumkin.
Konventsiyani imzolagan davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston (2ta shart bilan), Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston. Kishinyov konventsiyasi 2010 yilning 21 fevralidan kuchga kirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala