"Tolibon"* katta siyosiy savdo olib bormoqda – Rossiya TIV

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishTretye zasedanie moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu
Tretye zasedanie moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2021
Obuna bo‘lish
Yangi afg‘on hukumati tarkibi sentabrda e’lon qilinishiga qaramasdan, dunyo hamjamiyati uni tan olgani yo‘q. "Inklyuziv" hukumat tashkil qilish - "Tolibon"*ga qo‘yilgan asosiy shartlardan biri edi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Afg‘oniston katta siyosiy savdo olib bormoqda, deb hisoblaydi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov kecha Moskvada "Tolibon"* rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng.
Kecha, 20-oktabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan uchinchi Afg‘oniston maslahatlashuvlari doirasida Tolibon* hukumatining bosh vaziri o‘rinbosari Abdul Salam Xanafiy, Afg‘oniston hukumati allaqachon inklyuziv, deb ta’kidladi.
“Ular siyosiy qoidalarga muvofiq o‘yin olib bormoqda, katta siyosiy savdo ketmoqda”, - dedi Zamir Kabulov Hanafiyning so‘zlarini izohlab.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibi Sentabr oyida e’lon qilgan edi, lekin aksariyat pushtu millatiga mansub vakillardan iborat yangi hukumatni umumjahon hamjamiyati “inklyuziv” deb tan olgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, dunyo hamjamiyati Afg‘onistondagi yangi hukumatni tan olishi uchun qo‘ygan asosiy shartlar orasida quyidagilar bor:
Yangi hukumat tarkibida Afg‘onistondagi barcha siyosiy kuchlar vakillari bo‘lishi (barcha millatlar, kichik etnik guruhlar va din mazhablari);
Inson huquqlari va ayollar tenghuquqligini ta’minlash;
Afg‘onistonni xalqaro terrorchilar jamlanadigan hududga aylantirmaslik;
Narkotiklarni yetishtirish va ularg savdosiga qarshi kurash.
Zamir Kabulov aytishiga ko‘ra, Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida "Tolibon"* delegatsiyasi yana bir marotaba ushbu talablarga amal qilayotgani, xususan xalqaro terrorchilar va nakotraffikka qarshi kurashayotganini ma’lum qilgan edi.
"Bu borada oramizda kelishmovchilik yo‘q, hamma bunga rozi va afg‘on delegatsiyasi yana bir marotaba ular hukumat boshiga kelganda va’da bergan tamoyillariga amal qilishini tasdiqladi", - dedi Kabulov.
Cpespredstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
O‘zbekistonning "Tolibon"* hokimiyatini tan olish shartlari ma’lum qilindi
Moskva muzokaralarida, shuningdek, "Tolibon"*ga qo‘yilgan xalqaro sanksiyalarni bekor qilish hamda Afg‘oniston hukumatining muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan foydalanish imkoni muhokama qilindi. "Tolibon"* siyosiy ofisi vakili Anas Xakkaniy aytishiga ko‘ra, “ushbu mavzu batafsil muhokama qilingan”.
Eslatib o‘tamiz, “Moskva formati”da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 10ta mamlakat vakillari ishtirok etdi. Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston hamda barcha Markaziy Osiyo davlatlari vakillari. AQSh muzokaralarda ishtirok etmadi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0