Infografika

Toshkent va Qobulning qoʻshma loyihalari davom etmoqda

Oʻzbek-afgʻon iqtisodiy munosabatlari. Hukumat oʻzgarsa-da – birgalikda amalg oshirilayotgan loyihalar davom etadi.
Bir necha kun oldin Termiz shahrida Oʻzbekiston bosh vaziri Sardor Umurzakov hamda Afgʻoniston muvaqqat hukumati bosh vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy ishtirokida muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Muzokaralarda Toshkent va Qobul orasida infratuzilmaviy loyihalarini amalga oshirish, xususan, Surxon – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasini oʻtkazish hamda Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yoʻlini qurish masalalari borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
Maʼlumot uchun, oʻzbek-afgʻon savdo iqtisodiy munosabatlari yil sayin oʻsib kelmoqda. 2020 yil yakuniga koʻra ularning umumiy miqdori 780 mln. dollarga yaqinlashdi.
Bugungi kun sharoitida Termizdan har kuni ikkala tomonga 70-100ta 25 tonnali yuk avtomobillari oʻtib qaytib turibdi. Shuningdek har kuni Afgʻonistonga 2tadan 4tagacha maxsus poyezdlar insonparvarlik yordami olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala