Migratsiya

Putilkovodagi Moskva viloyati migratsiya markazi yopiladi

© Press-slujba MMTSMnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr v Moskve
Mnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Ushbu yilning 1 noyabridan Moskva shahri va Moskva viloyatida ishlash uchun patentga hujjat topshirish bir joyda boʻladi.
TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Putilkovo posyolkasida joylashgan Moskva viloyati Migratsiya markazi 1 noyabrdan patent olish uchun hujjat qabul qilishni toʻxtatadi. Bu haqida IIV Migratsiya xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, 1 noyabrdan boshlab Moskva viloyatida ishlash huquqini beruvchi mehnat patenti olish uchun "Saxarovo" posyolkasi yonida joylashgan Moskva Migratsiya markaziga murojaat qilish kerak.

2021 yil 1 noyabrdan boshlab Moskva viloyatida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patent olish uchun Moskva Koʻp funktsiyali migratsiya markaziga murojaat qiling. Manzil: Moskva, Varshavskoye shosse, 64-km, 1-uy, 47-bino, - deyilgan xabarda.

Maʼlumot uchun, patent olgan fuqaro faqat patentda koʻrsatilgan hududda mehnat faoliyatini amalga oshirish kerak. Yaʼni Moskva viloyatida ishlash uchun patent olgan fuqaro Moskva shahrida (yoki aksincha) ishlay olmaydi.
Shuningdek, 1-noyabrgacha Moskva viloyatida ishlash uchun patentga hujjat topshirgan chet el fuqarolari patentlarni Putilkovo posyolkasida joylashgan Moskva viloyatining yagona migratsiya markazida olishadi.
Moskva Koʻp funktsiyali Migratsiya markazining ish vaqti: har kuni 08:00 dan 20:00 gacha, dam olish va taʼtillarsiz. Batafsil maʼlumotni quyida olish mumkin mc.mos.ru.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala