Dunyoda

Qirgʻizistonda Amerika bazasi boʻlmaydi - Sadir Japarov

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Fotobankka oʻtishPrezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov
Prezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Qirgʻizistonda hozir Rossiya harbiy bazasi bor. Preziyednt AQSH harbiylarini oʻz mamlakatida joylashtirilmasligini taʼqidladi.
TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Prezident Sadir Japarov matbuot anjumanida AQSH harbiylarini Qirgʻizistonda qayta joylashtirish imkoniyatini rad etdi, Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan.
"Hozir Kantda Rossiya bazasi bor. 2014 yilda Amerika bazasi haqidagi kelishuv bekor qilindi va ular ketishdi. Bizga bitta baza kifoya qiladi. Biz ikkita bazani joylashtirish orqali ikkita davlat bilan sichqon-mushuk oʻynashni xohlamaymiz", - dedi Japarov.
Eslatib oʻtmiz, Qirgʻizistonda Amerika harbiy bazasi 2001 yildan boshlab Bishkek yaqinidagi Manas aeroportida joylashtirilgan edi. 2009 yilda baza Tranzit markazi deb oʻzgartirildi.
Rossiyaning "Kant" qoʻshma aviabazasi KXSHT Kollektiv tezkor qoʻshinlari tarkibiga kiradi. Baza Su-25 hujumchi samolyotlari va Mi-8 vertolyotlari bilan qurollangan. Bazani joylashtirish toʻgʻrisidagi bitim ikki mamlakat oʻrtasida 2003 yilda imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala