Oʻzbekistondagi mahkumlar oʻz ovozlarini berishmoqda

© AFPVыborы v Uzbekistane
Vыborы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Bugungi kunda qamoq va ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlgan 8 203 nafar shaxslar ham oʻz tanlovlarini qilishmoqda
TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. Bu galgi prezident saylovlari boshqalaridan farq qilmoqda, bu katta siyosiy hodisada katta ijtimoiy xavfi boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etib, ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar Prezident saylovida ishtirok etishmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba MVD RUzOsujdennыe golosuyut na vыborax prezidenta Uzbekistana
Osujdennыe golosuyut na vыborax prezidenta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Osujdennыe golosuyut na vыborax prezidenta Uzbekistana
Aytish joiz, saylov kodeksiga koʻra, katta ijtimoiy xavfi boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar Prezident saylovida ishtirok etishlari mumkin deb belgilangan.
Shunga koʻra, qamoq va ozodlikdan mahrum etish joylarida jazo oʻtayotgan 8203 nafar mahkumlarga ovoz berish huquqidan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratilib berildi.
Xususan, bugun 4-son JIEKdagi 55-son saylov uchastkasida jazo muddatini oʻtayotgan oʻz kelajagiga befarq boʻlmagan mahkumlar oʻz tanlovlarini amalga oshirishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala