O‘zbekistondagi saylov o‘tkazish jarayoni xalqaro talablarga javob beradi - Muxametshin

Farit Muxametshin - Zamestitel predsedatelya Komiteta Soveta Federatsii po mejdunarodnim delam
Farit Muxametshin  - Zamestitel predsedatelya Komiteta Soveta Federatsii po mejdunarodnim delam
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Farit Muxametshin saylov uchastkalaridagi vaziyat haqida o‘z fikrini aytdi.
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. RF Federal Kengashining Xalqaro ishlar bo‘yicha Federatsiya Kengashi qo‘mitasi raisi Farit Muxametshin saylov uchastkalaridagi vaziyat haqida o‘z fikrini bildirdi:
“Bugun saylov uchastkalariga tashrif buyurib, aytish mumkinki, umuman mamlakatda saylov o‘tkazish jarayoni xalqaro talablarga javob beradi.
Shavkat Mirziyoyev vo vremya golosovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Shavkat Mirziyoyev prezident saylovlarida ovoz berdi
Lekin eng muhimi, saylovchilar bilan uchrashganimda yaxshi kayfiyatni qayd etgan bo‘lardim. Tushga yaqinroq saylovchilarning ovoz berish ko‘rsatkichi deyarli 50%ni tashkil etdi. Ularning aksariyati respublikada tub o‘zgarishlar ro‘y berayotganini ta’kidladi.
Men ilgari ham O‘zbekistonda bo‘lgan kishi sifatida ayta olamanki, haqiqatan ham mamlakatda tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bugun mamlakatlarimiz – Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik darajasi juda yuqori, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash borasida katta qadamlar qo‘yildi, buning natijasida hamkorligimiz jadal rivojlanmoqda”.
Yangiliklar lentasi
0