Kim O‘zbekiston prezidenti bo‘ldi: dastlabki natijalar

Obuna bo‘lish
MSKning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1 foiz ovozini olgan.
MSK 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovining dastlabki natijalarini e’lon qildi. Ayni damda barcha saylov uchastkalarida bulletenlar hisoblab bo‘lingan.
Ularning natijalariga ko‘ra O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz olgan va saylovda peshqadamlik qilmoqda. O‘zXDP nomzodi Maqsuda Vorisovani qo‘llab-quvvatlab saylovchilarning 6,6 foizi ovoz bergan.
“Milliy tiklanish” Alisher Qodirov nomzodi 5,5 foiz, Ekopartiya nomzodi Narzullo Oblomurodov 4,1 foiz ovoz olishga erishgan. 3,4 foiz ovoz olgan “Adolat” SDP nomzodi Bahrom Abduhalimov oxirgi o‘rinda qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0