Lebedev: Oʻzbekistonda prezident saylovlari raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora oʻtdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishIspolnitelnыy sekretar SNG Sergey Lebedev
Ispolnitelnыy sekretar SNG Sergey Lebedev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Oʻzbekistonda prezident saylovlarini bevosita kuzatib borgan MDH Ijroiya Qoʻmitasi raisi Sergey Lebedev oʻz fikrlari bilan boʻlishdi
TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. 2021 yil 24-oktyabrdagi saylovlar boʻyicha "Oʻzbekistonda prezident saylovi raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora tarzda boʻlib oʻtdi", degan xulosaga keldi. Bu haqda MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi Sergey Lebedev maʼlum qildi.
Podschet golosov na vыborax prezidenta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Oʻzbekistonda prezident saylovida ovoz berish yakunlandi
"Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksi talablariga toʻliq rioya qilgan holda amalga oshirildi; raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora boʻldi; shuningdek, demokratik saylovlarning umumiy eʼtirof etilgan tamoyillariga toʻla javob berdi", - dedi MDH Kuzatuvchilar missiyasi rahbari, boshqaruv raisi – MDH Ijrochi kotibi Sergey Lebedev missiya xulosasi haqida jurnalistlarga axborot berar ekan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston boʻyicha saylovda ishtirok etganlar 16 million 36 ming 914 nafarni yoki 80,8 foizni tashkil etdi.
Saylov yigirmaga yaqin xalqaro tashkilotdan, ellikka yaqin davlatdan kelgan mingga yaqin xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bevosita kuzatib borildi.
Dastlabki natijalar bugun eʼlon qilinishi kutilmoqda..
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala