Jamiyat

Marhumlar tirilib, farzandlar esa gʻoyib boʻlgan – FHDYO bazasidagi “moʻʼjizalar”

Ruki na klaviature - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Fuqarolarning FHDYO maʼlumotlarida yuz bergan noaniqliklar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sababchi boʻldi
TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalida (YADIXP) fuqarolarning FHDYoga oid maʼlumotlarni olish boʻyicha xizmatlar yoʻlga qoʻyilgan. Undagi maʼlumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sababchi boʻldi.
Aytilishicha, fuqarolar FHDYO arxiv maʼlumotlaridagi noaniqliklarni my.gov.uz portalidagi “mening oilam” degan boʻlimida duch kelishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holat boʻyicha oʻnlab odamlarning turli-tuman izohlar qoldirishlariga sababchi boʻldi:
Boshqa farzandlarim ham paydo boʻldi-a
Bolalarim qayerga gʻoyib boʻldi?
2006 yilda vafot etgan mening otam hayot ekanlar
Men bu maʼlumotlarga koʻra, turmushga chiqmagan ekanman va oʻgʻlim ham yoʻq ekan
Mening oilamda notanish inson mening oʻgʻlim sifatida qayd etilgan, haqiqiy oʻgʻlim esa roʻyxatga tushmagan.
Mening ota-onam menga notanish insonlar ekan!
Men turmushga chiqmaganman, erim esa uylangan ekan. Bu hammasi menga manzur kelmoqda
Mening qandaydir noqonuniy farzandim bor ekan, xotinimga buni qanday tushuntiraman?!!
Oradan biroz vaqt oʻtib, Davlat xizmatlari agentligi bu yuzaga kelayotgan xatoliklar boʻyicha oʻz tushuntirishlarini berib oʻtdi.
Unga koʻra, FHDYO yagona elektron arxiv bazasidagi fuqarolarning 60 millionga yaqin maʼlumotlari raqamli koʻrinishda aks etgan boʻlib, hozirda tizimda takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, jismoniy shaxsning indentifikatsiya raqamiga (JSHSHIR) mavjud maʼlumotlariga biriktirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu jarayon toʻliq yakuniga yetmaganligi sababli bunday noaniqliklar yuzaga keladi, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala