Jamiyat

Mashhur aktrisa nom-nishonsiz yoʻqoldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishAktrisa Svetlana Svetlichnaya
Aktrisa Svetlana Svetlichnaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Qarindoshlari aktrisani bedarak yoʻqolganligiga havotir olib, politsiyaga mahkamasiga murojaat qilishdi
TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Kino olamida mashhur boʻlgan “Brilliant qoʻl” filmida suratga tushgan aktrisa Svetlana Svetlichnaya Moskva shahrida bedarak yoʻqolgan. Bu haqda "Moskovskiy komsomolets" xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 81 yoshni qarshilagan aktrisaning qarindoshlari politsiya mahkamasiga 22 oktyabrda murojaat qilishgan. Oradan biroz vaqt oʻtgach, uning oʻgʻli 21 oktyabrda onasini yoʻqolganligi, oʻz uyda yoʻqligini maʼlum qilgan.
Hozirda aktrisani qidirish ishlari faol davom ettirilmoqda. Aytilishicha, tasvirga olish jarayonida aktrisani ustiga jism tushishi oqibatida boshidan jarohat olgan. Buning natijasida aktrisada aqli zaiflik alomatlari paydo boʻlgan.
Svetlana Svetlichnaya rejissyor Leonid Gaydayning “Brilliant qoʻl” filmida suratga tushgan. U filmda mehmonxonada bosh qahramon Semyon Gorbunkovni oʻgʻirlashda kontrabandachilarga yordam bermoqchi boʻlgan latofatli qiz obrazini yaratgan va bu rol unga shuhrat keltirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala