Vladimir Putin Mirziyoyevni gʻalaba bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinыm
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Vladimir Putin birinchi boʻlib Shavkat Mirziyoyevni saylovda erishgan gʻalabasi bilan tabrikladi.
TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni saylovda erishgan gʻalabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Kremlning rasmiy sahifasida xabar berildi.
"Davlat rahbari saylovida erishilgan ishonchli gʻalaba bilan sitqidildan tabriklayman. Saylov natijalari sizning yuqori siyosiy obroʻyingizni va sizning Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yoʻnalishingizni hamda xalqaro maydonda Oʻzbekiston manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan saʼy-harakatlaringizni tasdiqladi.
Siz davlatlarimiz orasidagi strategik hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashda shaxsan katta hissa qoʻshmoqdasiz. Biz bundan buyon ham birgalikda davlatlarimiz orasida turli sohalarda amaliy hamkorlikni, dolzarb masalalarni hal qilishdagi konstruktiv muloqotni birgalikda davom ettirishimizga ishonchim komil. Bu, soʻzsiz, Rossiya va Oʻzbekistonning hamdoʻst xalqlari manfaatlariga javob beradi, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun xizmat qiladi. Sizga chin koʻngildan muvaffaqiyat va salomatlik tilayman!", - deyilgan tabrik soʻzida.
Eslatib oʻtamiz, 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan prezident saylovida saylovchilarning 80,8%i ishtirok etdi. Saylovning dastlabki natijalari rasman 25 oktyabr soat 16:00 da eʼlon qilinadi.
Oʻzbekiston Oliy sudi raisi Kozimjon Qabulovning aytishiga koʻra, saylov jarayoni davomida qoidabuzarlik toʻgʻrisida hech qanday ariza kelib tushmagan. Ayni damda byulletenlar hisoblanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala