Rossiyalik kuzatuvchi chekka qishloqlar qanday ovoz berganini borib koʻrdi

© Ramiz BaxtiyarovSenator, zaslujennыy vrach Rossii, detskiy xirurg-onkolog Vladimir Kruglыy
Senator, zaslujennыy vrach Rossii, detskiy xirurg-onkolog Vladimir Kruglыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Markazda joylashgan "namunali" saylov uchastkalari oʻrniga chekka qishloqlarda saylov qanday oʻtganini borib koʻrgan rossiyalik kuzatuvchi bilan suhbat.
TOSHKENT, 25 okt - Sputnik, Anna Jelixovskaya. Rossiya faxriy shifokori, senator, bolalar onkolog-jarrohi Vladimir Kruglыy Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan prezident saylovlari haqida oʻz tassurotlari bilan boʻlishdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
- Vladimir Igorevich, Oʻzbekistonda saylovni kuzatishga tayyorgarlik jarayoni qanday oʻtdi?
Biz MDH davlatlarida saylovlarini kuzatishda katta tajribaga egamiz. Shuning uchun oldimizga qoʻyilgan vazifalarni yaxshi tushunardik. Masalan shaxsan men saylov boʻlib oʻtayotgan mamlkatning ushbu sahadagi qonunchiligini oʻrganaman.
Kimdir kuzatuvchilar saylovda qandaydir qonunbuzarliklar qidirishi kerak deb hisoblaydi. Ayrim hamkasabalarimiz esa, saylovga oʻz nuqtai nazarlarini bogʻlamoqchi boʻlishadi. Aslida esa, kuzatuvchining vazifasi – saylov boʻlib oʻtayotgan mamlakat qonunchiligiga muvofiq oʻtishini kuzatishdir. Bu safar - Oʻzbekiston qonunlariga.
Har qanday saylovning asosiy vazifasi – uning natijasi xalq amriga muvofiq boʻlishi.
- Siz tashrif buyurgan uchastkalaringizda sizda eng katta taasurot qoldirgan narsa nima boʻldi?
Biz uchastkalarni saylovdan bir kun oldin kuzatishni boshladik. Toshkentda 10dan ortiq manzilga tashrif buyurdik, saylovga tayyorgarlikni koʻrdik. Saylov kuni ham Toshkentdagi bir necha uchastkalarda boʻlib ularning har birida juda koʻp kuzatuvchilarni koʻrdik. Shundan soʻng kutilmaganda Samarqandga borishga qaror qildik. Bu qarorni biz oʻzimiz qabul qildik.
Samarqandda ikkita saylov uchastkasida boʻlib u yerda BAAdan kelgan kuzatuvchilarni koʻrdik. Keyin esa, shahardagi “namunali” uchastkalardan koʻra, markazdan uzoqroq chekka qishloqlarga borishga qaror qildik.
Biz jami 15-17ta saylov uchastkalarida boʻldik, oddiy samarqandliklar hayoti bilan tanishdik.
- Boshqa kuzatuvchilar barcha saylov uchastkalarida yuqori kayfiyat hukm surganini qayd etishdi. Samarqandda ham shunday ekanmi?
Albatta! Samarqand chekkasida joylashgan saylov uchastkalarida ham musiqa chalinib turardi, odamlarda bayram kayfiyati markazdan koʻra koʻproq kuzatilardi. Biz navbatlarni kuzatmadik, lekin koʻp kishi ovoz bergani bilinib turardi.Biz Samarqandga ertalab soat 10da yetib keldik. Shu vaqtga qadar aksariyat saylovchilar ovoz berib boʻlishgan edi. Saylov qutilari shaffof boʻlgani uchun, qancha odam ovoz berganini koʻrish mumkin. Ayrim qutilar toʻlib boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala